Xitoyliklar Sirdaryoda Agrologistik park quradi
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida xitoy kompaniyasi Agrologistik park quradi. Loyiha qiymati 50 mln AQSh dollari etib baholangan.
Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Xitoyning «CITIC Group» kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Yibo Vang uchrashuvida ma’lum qilindi.
Tomonlar uchrashuvda ajratilgan yer uchastkasida (32 ga) barpo etilishi rejalashtirilayotgan ob’yektlarni muhokama qilgan.
Xususan, hududda 50 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborlar, ofislar, kamida 200 xonali mehmonxonalar, bojxona, avtopark, fitosanitariya va veterinariya tekshiruvi punktlari hamda konteynerlar qabul punkti va boshqa ob’yektlari qurilishi rejalashtirilgan.
Bu yirik logistika markazi O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.
Ushbu ob’yekt tashqi infratuzilmasi to‘liq O‘zbekiston tomonidan, agrologistik markaz barpo etish esa to‘liq Xitoy investitsiyalari asosida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter