Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining muhim ob’yektlari qurilishi boshlandi

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining muhim ob’yektlari qurilishi boshlandi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzaq tumanida «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» xalqaro temir yo‘l loyihasi doirasida tunnel qurilishi ishlari boshlandi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 10 kilometrdan ortiq bo‘lgan 3 ta tunnel qurilishi rejalashtirilgan. Jumladan:

  • 1-son Norin (Jaman-Davan) tunneli — 12,5 km,
  • Qo‘shtoba (Qozormon) tunneli — 13,2 km,
  • Farg‘ona tog‘ tunneli — 12,2 km.

Eslatib o‘tamiz, mazkur temir yo‘l qurilishiga 2024-yil 27-dekabr kuni Jalolobod shahrida  rasman start berilgan edi. «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining umumiy uzunligi 532,53 km.ni tashkil etadi.

Loyiha Markaziy Osiyoni xalqaro logistika zanjiriga bog‘lovchi muhim transport yo‘lagiga aylantirishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring