Uchta viloyatda 1 mlrd 36 mln 354 ming so‘mlik elektr energiya o‘g‘irlangani aniqlandi
Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi «I.T» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 783 mln 516 ming so‘m (1 mln 741 ming 247 kVt•soat);
Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «S.A.F.» MChJga qarashli issiqxonaning elektr hisoblagichi noto‘g‘ri ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 133 mln 920 ming so‘m (297 ming 600 kVt.soat);
Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida fuqaro «A. X.» ga tegishli chorva xo‘jaligi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib olganligi natijasida davlat manfaatlariga 118 mln 918 ming so‘m (264 ming kVt•soat), jami 1 mlrd 36 mln 354 ming miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi.
Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 11 514 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter