Turkiyada yashirinib yurgan o‘zbekistonlik qidirilyapti
Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi qidirilyapti.
U fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxs Atabayev Fazliddin Faxritdinovich bo‘lib, 1986-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan vatandoshlardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Respublikasi IIVga xabar berish so‘ralmoqda.
«Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», – deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter