Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya elchisi: Tarixning biron davrida ikki tomonlama munosabatlarimiz bugungidek yuqori darajaga ko‘tarilmagan

Turkiya elchisi: Tarixning biron davrida ikki tomonlama munosabatlarimiz bugungidek yuqori darajaga ko‘tarilmagan

Kecha, 29-oktyabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Turkiya Respublikasi tashkil topganining 101-yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimi o‘tkazildi. Unda Bosh vazir Abdulla Aripov, Turkiyaning O‘ zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar hamda turli tashkilot, elchixonalar va ommaviy axborot vositalaridan vakillar qatnashdi.

«Respublikamizga asos solinganining 101-yilligini do‘st va qardosh ota yurtimiz O‘zbekistonda nishonlash biz uchun buyuk sharaf. Tarixning biron davrida ikki tomonlama munosabatlarimiz bugungidek yuqori darajaga ko‘tarilmagani, O‘zbekiston global va mintaqaviy miqyosda kundan-kunga tobora ortib borayotgan noaniqliklar va tahdidlarga qaramay, barqarorlik va tinchlik manbai bo‘lishda davom etmoqda» – deydi marosimda so‘z olgan Olgan Bekar.

U, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining qo‘shnilari bilan o‘rnatgan tinchlikparvar va o‘zaro manfaatga tayanuvchi hamkorligini e’tirof etadi. Shu bilan birga, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar qardoshlikka tayanuvchi «Keng qamrovli startegik sheriklik» doirasida har sohada rivojlanayotgani, iqtisodiyotdan tortib, energetikagacha, ta’limdan madaniyatgacha, transportdan mudofaa sanoatigacha, xavfsizlik, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik jadal davom etayotganini ta’kidlaydi.

Qabul marosimi yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘anning ushbu kunning ahamiyati haqidagi nutqi va tabrigi namoyish etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring