Toshkentning qadimiy mahallalarida art-rezidensiyalar ochildi (foto)

Joriy yil 3-oktyabr kuni YuNESKOning Butunjahon merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan «Namuna» va «Hasti Imom» tarixiy mahallalarida art-rezidensiyalarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy kanalida bu haqda yozar ekan, «art-rezidensiyalar Toshkentning madaniy merosini asrab-avaylash va ijodiy muhitini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam» ekanini ta’kidlaydi.
«Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish platformasiga aylanadi», – deydi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter