Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon media forumi ish boshladi. Mavzu – dezinformatsiyaga qarshi kurash

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Ozarbayjon media forumi o‘z ishini boshladi.

«Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish» mavzusiga bag‘ishlangan ushbu forumda ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari rahbarlari, shuningdek, jurnalist va ekspertlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida nutq so‘zlagan Prezident Matbuot kotibi, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sherzod Asadov zamonaviy dunyoda dezinformatsiyalar sezilarli darajada tarqalayotganini qayd etib, bu hodisaga qarshi kurashishda ikki davlat media tuzilmalari hamkorligi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Xususan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikning yagona platformasini yaratish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Forum kun tartibidan raqamlashtirish sharoitida ommaviy axborot vositalarining roli, shuningdek, dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashishning samarali strategiyalariga oid muhim masalalar o‘rin olgan. Ishtirokchilar O‘zbekiston va Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda, bu esa har ikki mamlakatda axborot xavfsizligini mustahkamlash va jurnalistika sifatini oshirish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring