Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 2 dona chinor kesib tashlangani aniqlandi

Toshkentda 2 dona chinor kesib tashlangani aniqlandi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt kesishga oid navbatdagi qonun buzilishi holati aniqlandi

O‘rganish natijasida Yunusobod tumani 7-mavzesi, «Astrobod» MFY hududida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahrida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJ rahbari ikki nafar ishchi yollab, ikki dona chinor daraxtini kestirgani ma’lum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-son qarori 4-ilovasiga asosan, tabiatga 204 mln 105 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va kerakli chora-tadbirlarni ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring