Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportidagi estakadaga chiqish cheklanyapti

Toshkent xalqaro aeroportidagi estakadaga chiqish cheklanyapti

Bugun, 8-dekabr soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgich (estakada)ga chiqish cheklanadi.

«Uzbekistan Airports» kompaniyasi bu aeroportda boshlangan rekonstruksiya ishlari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi.

«Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro ayeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi», – deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring