Toshkent viloyatida poligonlarda chiqindi saqlash tariflari oshadi
Toshkent viloyatida poligonlarda chiqindi saqlash tariflari oshadi. Bu borada Xalq deputatlari viloyat Kengashining joriy yil 20-dekabrdagi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, «Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi» Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi davlat muassasasi tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni hududiy poligonlarga qabul qilish va saqlash bo‘yicha 1 metr kub uchun 20 037 (QQS bilan) so‘m miqdorida, 1 tonna uchun 48 633 (QQS bilan) so‘m miqdorida etib belgilanadi.
Yangi tariflar 2025yilning 1-yanvar kunidan boshlab qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter