Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent aeroporti estakadasida ortiqcha vaqt to‘xtaganlar jarimaga tortiladi – Uzbekistan airports

Toshkent aeroporti estakadasida ortiqcha vaqt to‘xtaganlar jarimaga tortiladi – Uzbekistan airports

Toshkent xalqaro aeroportidagi estakadasida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan ortiqcha turgan haydovchilar jarimaga tortiladi.

Uzbekistan airports’ga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgichga o‘rnatilgan yo‘l kameralari endilikda YHXB tizimlari bilan integratsiyalashgan.

2023-yil 1-noyabrdan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Xususan, to‘xtash vaqtidan oshib ketganda (to‘xtab turish taqiqlanadi) va sariq chiziqda to‘xtab turish uchun haydovchilarga jarimalar avtomatik tarzda belgilanadi.

Yo‘l o‘tkazgichda bir vaqtning o‘zida 30 tagacha avtomobil yoki sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda 17 tagacha avtomobil bo‘lishi mumkin. Uzoq turishni rejalashtirayotgan haydovchilarga jo‘nash terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2021-yil iyul oyidan boshlab Toshkent aeroporti yo‘l o‘tkazgichiga kirish yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun ochilib, muayyan qoidalar o‘rnatilgan edi. Unga ko‘ra, yengil avtomobillar uchun – 5 daqiqagacha, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun esa 10 daqiqagacha to‘xtab turish vaqti belgilangan. Shuningdek, yo‘l o‘tkazgichning o‘ng va chap qismlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda ham to‘xtash taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring