Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“To‘palang” daryosiga tushib ketgan mashina haydovchisi vafot etdi. Uning yurak kasalidan shikoyati bo‘lgan

“To‘palang” daryosiga tushib ketgan mashina haydovchisi vafot etdi. Uning yurak kasalidan shikoyati bo‘lgan

Surondaryo viloyati IIB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Surxondaryodagi suv omboriga mashina tushib ketibdi. Haydovchisi haqida ma’lumot yo‘q” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24-iyun kuni soat 12:30 larda 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi  Lacetti avtomobili bilan “Hisorak-Sariosiyo” yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotib, ushbu hududdan o‘tuvchi “To‘palang” daryosiga tushib ketgan.

Natijada avtomashina ichida bo‘lgan 2007-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi yengil tan jarohati olib tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Haydovchi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lishidan oldin sog‘ligi yomonlashgani va yurak ishemik ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring