Surxondaryoda jayra ovchilari jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2 dona jayraning noqonuniy ovlanishi bilan bog‘liq videotasvirlar tarqalgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi va Ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat «Ekologik patrul» guruhi tomonidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlarda videotasvirda ko‘rsatilgan holat sodir etilgan manzil va fuqarolarning shaxsi aniqlandi.
Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani, «Shabnam» MFYda yashovchi fuqarolar O‘. Ya. va D. S. Hisorak qishlog‘iga yaqin tog‘oldi adirlikda jayrani noqonuniy ovlagan.
Bildirilishicha, holat bundan 4 yil avval sodir bo‘lgan.
Fuqarolar bu bilan O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 42-moddasi va «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunining 17, 27-moddalari talablarini buzgan.
Shunga ko‘ra, mazkur shaxslarning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-1-moddasi bilan 3 million so‘mdan jarima va 1,8 million so‘mdan tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter