Surxondaryoda 6-qavatdan tushib ketgan qiz vafot etdi
29-oktyabr, seshanba kuni soat 21:00 atrofida Surxondaryo viloyatining Denov tumanining «Buyuk Kelajak» mahallasida ayanchli voqea sodir bo‘ldi. Unda ushbu mahallada joylashgan 16 qavatli uyning 13-qavatida yashab kelgan oilaning 17 yoshli qizi 6-qavatdan tushib ketib, olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Mahalla raisining «Zamon» axborot dasturiga aytishicha, marhuma oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgan. U maktabda ham yaxshi xulqli va a’lo baholarga o‘qigan o‘quvchilar qatorida bo‘lgan.
«Voqea sodir bo‘lgan vaqtda profilaktika inspektori bilan mahalla binosida edik, shovqin eshitdik. Marhum oilaning to‘ng‘ich farzandi edi. Uni maktabda ham, mahallada ham hurmat qilishardi. Qizning oilasida ham janjal bo‘lmagan, namunali oila edi», – deydi mahalla raisi.
Voqea yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter