Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan. Bu haqda ishonch.uz nashri o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, A.Inoyatov ushbu lavozimga 2022-yilning 30-dekabrida tayinlangan edi. Ungacha esa ushbu tizimda vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

A. Inoyatov 1979-yilda tug‘ilgan. 2001-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida «Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekshirish laboratoriyasida boshlagan. 2006-2014-yillarda ushbu institutning «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida ishlagan.

2014-2020-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, ushbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring