Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga tashrifi dasturida bugun, 18-sentyabr kuni bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning bildirishicha, Shavkat Mirziyoyev, jumladan, Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, «Air Products» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemilar bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga yetib borgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter