Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Samarqanddagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Bugun, 12-may kuni soat 19:09 da Samarqand shahar «Nurli yo‘l» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Viloyat FVB kelib tushgan xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta yong‘in o‘chirish avtonarvonini jo‘natgan va yong‘in soat 19:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring