Samarqandda qalbaki dori ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi
Samarqand shahrida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.X. o‘zi yashab kelayotgan ko‘p qavatli uyning 1-yo‘lagidagi qo‘shimcha xonada yashirin sex tashkil qilib, «Bekot Amino» va «Monasil NEO» nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, go‘yoki ushbu dori vositalari «R.M.» qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter