Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Moskvada uchrashadi

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Moskvada uchrashadi

Bugun, 18 sentyabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining Matbuot kotibi ma’lum qildi.

TASS agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida Rossiya va O‘zbekistonning sanoat, energetika va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorligini faollashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya hukumati vakillari energetikani O‘zbekiston bilan «ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi» deb atagan.

«Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish nafaqat ikki davlat manfaatlariga javob beradi, balki Markaziy Osiyoning energetik xavfsizligini ham ta’minlaydi», — deyilgan Rossiya hukumati xabarida.

Qayd etilishicha, 2022 yil yakuniga ko‘ra Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8,7 milliard dollarga yetgan va 2021 yilga nisbatan 26 foizga oshgan. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida bu ko‘rsatkich 14 foizdan ortiq o‘sib, 5,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring