Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyi palata deputatlari Senat qaytargan qonun loyihasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga yubormoqchi

Quyi palata deputatlari Senat qaytargan qonun loyihasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga yubormoqchi

Qonunchilik palatasi deputatlari joriy yil 21-iyunda qabul qilingan, ammo 4 avgustda Senat tomonidan rad etilgan «O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqishdan olib tashlab, Vazirlar Mahkamasiga yuborish haqidagi masalani deputatlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamadi.

Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, deputatlar Senat rad etgan ushbu qonun loyihasi jamiyat uchun muhim va amaliyotda odamlarni ortiqcha sarson bo‘lishining oldini oladi, deb hisoblaydilar va bir qator deputatlar o‘z vakolatlaridan foydalanib qonun loyihasini qayta qabul qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga imzoga yuborish zarurligini bildirishmoqda.

«Shu kungacha deputatlar bu vakolatdan foydalanishmagan», – deb yozmoqda Kusherbayev.

Ma’lumot uchun, Qonun loyihasida:

  • FHDYo organi tomonidan nikoh tuzishga bir oyda ruxsat beruvchi qoidani chiqarib tashlash;
  • ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar yoki o‘rtada bolasi bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar uchun, shuningdek, homilador ayol va uning tug‘ilajak bolasini o‘z bolasi deb tan oluvchi shaxs uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish ixtiyoriy ekanligini belgilash ko‘zda tutilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring