Qurbon Hayiti kunlari barcha xodimlar 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin. Agar...
Bugun, 19-iyun – dushanba kuni Zulhijja oyining 1-kuni. Bu O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Qurbon Hayiti Zulhijjaning 10-kuni nishonlanishini hisobga olsak, joriy yilda ushbu bayram milodiy 2023-yilning 28-iyuni, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Demak, PF-270-son Farmonga o‘zgartirish kiritilsa, barcha xodimlar 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin bo‘ladi (28, 29, 30-iyun, 1-2-iyul). Buni quyidagicha asoslaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoniga ko‘ra, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 30-iyun — juma qo‘shimcha dam olish kuni.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul — shanba qo‘shimcha dam olish kuni.
Qurbon Hayitining 28-iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishini hisobga olsak, fikrimizcha o‘tgan safargidek PF-270-son Farmonga yana o‘zgartirishlar kiritilib, 29-iyun qo‘shimcha dam olish deb e’lon qilinsa kerak.
Chunki Ramazon hayitining 1-kuni 2023-yilda 21-aprelga to‘g‘ri kelishini inobatga olgan holda aholining ushbu bayramni munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 20-apreldagi PF-58-sonli Farmon bilan PF-270-son Farmonga o‘zgartirishlar kiritilgan edi. Unga ko‘ra, 24-aprel — dushanba barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan edi.
Demak, 29-iyun qo‘shimcha dam olish deb e’lon qilinsa, barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) 5 kun ketma-ket dam olishlari mumkin bo‘ladi (28, 29, 30-iyun, 1-2-iyul kunlari).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter