Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Tolibon rejimini terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi – To‘qayev

Qozog‘iston Tolibon rejimini terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi – To‘qayev

Qozog‘iston Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev KXShT Parlamenti Assambleyasi Kengashi yig‘ilishi ishtirokchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

Marosimda Qozog‘iston prezidenti jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida to‘xtalib, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri Afg‘onistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etish ekanini ta’kidladi.

«Qozog‘iston zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanligini anglagan holda Tolibon rejimini terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi», – dedi u.

To‘qayev KXShT davlatlarining bu boradagi kelishilgan pozitsiyasi muhimligini qayd etib, Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring