Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da avtomobil portladi

Qashqadaryodagi «metan zapravka»da avtomobil portladi

Bugun, 6-may kuni soat 9:30 larda Qashqadaryo vmloyati Muborak tumani Konchilar mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz (metan) quyish shoxobchasida oq rangli, Nexia-2 rusumli avtomobilning gaz balloniga gaz quyish vaqtida yorilish (portlash) sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, hodisa natijasida avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Avtomashina yaqinda bo‘lgan 1 nafar fuqaro yengil darajada tan jarohati olgan va zudlikda tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring