Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti tashkil etiladi – loyiha

Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti tashkil etiladi – loyiha

Hukumatning «Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti»ni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, SSV, viloyat hokimligi hamda «Dr Boboev Healh Center» MChJ , «Neo Institute of Medical Sciences and Technology» Ltd (Hindiston), Istanbul Sog‘lik bilimlari universiteti (Turkiya) muassisligida Qarshi shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qarshi xalqaro tibbiyot universiteti tashkil etiladi.

Muassislarga Universitetning zamonaviy ko‘p tarmoqli klinik bazasini tashkil etish, xalqaro o‘quv adabiyotlar, o‘quv simulyasion markazini jihozlar bilan ta’minlash, xorijiy professor-o‘qituvchilar, va boshqa investitsiya mablag‘larini jalb etish kabi majburiyatlar yuklanadi.

Shuningdek, viloyatda oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, viloyat hokimligining buyurtmasiga ko‘ra har yili tanlov asosida iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 50 nafar abituriyentlarni davlat buyurtmasi asosida (davlat granti) o‘qishga qabul qilish majburiyatini ham oladi.

Belgilanishicha, Universitetda o‘qitish kunduzgi shaklda hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi va mazkur o‘quv yili uchun Universitetga bakalavriat dasturi bo‘yicha «Davolash ishi», «Pediatriya ishi», «Stomatologiya», «Farmatsiya ishi» ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-shartnoma asosida 400 kishi qabul qilinadi.

Bakalavriatni tamomlagan talabalarning Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari tanqis bo‘lgan tibbiyot muassasalarida besh yil ishlab berishi majburiy hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring