Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida avtomobillar uchun nazorat tarozisi o‘rnatildi

«Qamchiq» dovonida avtomobillar uchun nazorat tarozisi o‘rnatildi

«Qamchiq» dovonida avtomobillar uchun nazorat tarozisi o‘rnatildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, A-373 «M-39 avtomobil yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismidan o‘tayotgan avtomobillarning yo‘l o‘qiga tushayotgan og‘irlikni nazorat qilish uchun ushbu yo‘lning 273-kilometrida avtomobillarning og‘irliklarini o‘lchash uskunalari bilan jihozlangan nazorat punkti tashkil qilindi.

Mazkur nazorat punkti  2022-yil 1-noyabr kuni soat 00:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Viloyat IIV YHXB haydovchilarni ogohlantirib, ulardan og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda yuk og‘irligi me’yorini saqlagan holda harakat qilishlarini so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring