Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident majburiy tibbiy sug‘urtani qonun bilan mustahkamlab qo‘yish zarurati haqida to‘xtaldi

Prezident majburiy tibbiy sug‘urtani qonun bilan mustahkamlab qo‘yish zarurati haqida to‘xtaldi

Prezident bugungi majlisda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lar o‘z egasiga yetib borishini ta’minlash uchun majburiy tibbiy sug‘urta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladi.

Shuningdek, «Renovatsiya to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish kerakligi aytib o‘tildi.

«Qonun ijodkorligi jarayoni, avvalo, jamiyatimizdagi dolzarb muammolar yechimiga, xalqimizning og‘irini yengil qilishga qaratilishi kerak.

Masalan, yurtimizda aholi soni yiliga qariyb 1 millionga oshmoqda. Bu – yangi uy-joylarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Lekin dehqonchilik uchun zarur yerlar uy-joy qurishga berib yuboraverilsa, ertaga qayerga ekin ekamiz, oziq-ovqat xavfsizligi nima bo‘ladi, degan savollar dolzarb bo‘lib bormoqda.

Shu bois, aholi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganib, eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun «Renovatsiya to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish lozim», – dedi Prezident.

Davlat rahbari so‘nggi paytlarda uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va unga ishonib sarmoya kiritgan aholi o‘rtasida nizolar uchrayotganiga e’tibor qaratdi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida esa fuqarolarning uy-joy qurilishiga jalb etilgan mablag‘larini kafolatli himoya qilishga qaratilgan qonunni qabul qilish lozimligi qayd etildi.

«Xususiy maktab va bog‘cha quraman», degan investorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor berish lozim.

Moliyaviy texnologiyalar, raqamli «market-pleys»lar, «veb-servis», «bond omborlari» kabi yangi tijorat maydonlari kundalik hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, franchayzing, kapital bozori, «startap»lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarur», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish juda muhim.

Kelgusi yilda ilk bor elektr energiyasi onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Shu bois, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladigan bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring