Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 2023-yilda aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid rejalarni ochiqladi

Prezident 2023-yilda aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid rejalarni ochiqladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan 2023-yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida bu boradagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga oid ma’lumotlarni qayd etib o‘tdi.

Unga ko‘ra, ushbu maqsadlarda 2023-yilda tijorat banklariga 31 ming oilaga uy-joy ipotekasi uchun 9 trillion so‘mlik resurs yo‘naltiriladi va dastlabki badal uchun va foizlarni qoplashga 1,6 trillion so‘m subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, mutasaddilarga:

– ipoteka kreditiga resurs berish va qurilish korxonalarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun 100 million dollar va 1 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish;

– yana 20 ming oilaga banklar hisobidan 5,7 trillion so‘m ipoteka krediti ajratilishini ta’minlash;

– 10 ming aholiga o‘zining hovlisini kengaytirish yoki qo‘shimcha qurilish qilish uchun 1,5 trillion so‘m kredit ajratish;

– Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali aholiga 5,5 mingta xonadon sotib olishlari uchun qo‘shimcha 1,7 trillion so‘m kredit resurslari yo‘naltirish topshirildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari balansida ipotekadan qaytishi kerak bo‘lgan mablag‘larni aktiv sifatida ishlatib, ipoteka obligatsiyasini chiqarish orqali qo‘shimcha 10 trillion so‘m resurs jalb qilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga ikki oy muddatda «Ipoteka obligatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini kiritishga ko‘rsatma berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring