Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 11 oydagi tashqi savdo aylanmasi 59,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning 11 oydagi tashqi savdo aylanmasi 59,4 mlrd dollarga yetdi

2024-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 59,4 mlrd dollarga yetdi va 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,1 mlrd dollarga yoki 3,6 foizga ko‘paydi.

TSAda eksport hajmi 24,2 mlrd dollarga (2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 4,4 foizga ko‘paydi) va import hajmi 35,1 mlrd. dollarga (3 foizga ko‘paygan) yetdi.

Shu bilan birga, 31,8 mlrd dollarlik tovarlar, 3,3 mlrd dollarlik xizmatlar import qilingan.

TSAning eng katta hajmi:

  • MDH mamlakatlariga - 21 mlrd dollar;
  • YeOII mamlakatlariga - 15,9 mlrd dollar;
  • Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan - 5,7 mlrd dollar;
  • boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash - 38,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring