«O‘zbekistonliklarning 70 foizdan ortig‘i Telegram’dan foydalanadi» – Pavel Durov
Tugagan haftada Telegram messenjeri asoschisi va egasi Pavel Durov O‘zbekistonda bo‘ldi. U o‘z o‘quvchilari bilan safar davomida olgan taassurotlari haqida bo‘lishdi.
«O‘zbekistonda odamlar Telegram’ni yaxshi ko‘radilar: mamlakatdagi 37 million aholining 70 foizdan ortig‘i Telegram’dan foydalanadi va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamizga ulangan (mamlakatdagi har bir biznesda Telegram boti yoki kanali mavjud). Biz bunday mashhurlikdan faxrlanamiz va O‘zbekistonning his-tuyg‘ulariga javob beramiz», – deb yozadi u.
Tadbirkor, shunindek, «jadal rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy O‘zbekistonning tog‘ landshaftlari, shuningdek, Buxoro va Samarqandning boy tarixi»dan hayratda qolganini ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, Durov O‘zbekistonda «ko‘plab yosh va iqtidorli, qalbi mehrli insonlar» bilan tanishganini bildirgan.
Pavel Durov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, bu yil ham «quyoshli Toshkentga» kelishga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter