Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 3 oyda 48,5 trln so‘mlik ipoteka kreditlarini rasmiylashtirgan

O‘zbekistonliklar 3 oyda 48,5 trln so‘mlik ipoteka kreditlarini rasmiylashtirgan

Markaziy bankning joriy yil 1-choragida banklarning moliyaviy holati bo‘yicha bergan hisobotida qayd etilishicha, aholiga ajratilgan kreditlar tarkibida ipoteka kreditlari 48,5 trln so‘mga yetgan. Ya’ni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga o‘sgan.  

Shuningdek, hisobot davrida avtokreditlar 26,4 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga o‘sgan)ga, mikroqarzlar esa 16,4 trln so‘mga (36 foizga o‘sgan) yetgan.  

Bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 2023-yil 1-aprel holatiga 3,5 foizni (14,3 trln so‘m) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foiz bandga pasaygan. Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlardagi muammoli kreditlar ulushi esa, jumladan, ipoteka kreditlari bo‘yicha 21 foizni (810 mlrd so‘m) tashkil etgan. Mikroqarzlarda esa 8 foizni (311 mlrd so‘m) va avtokreditlarda 4 foizni (152 mlrd so‘m) ko‘rsatgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring