Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb $10 milliardga yetgan 

O‘zbekistonga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb $10 milliardga yetgan 

O‘zbekistonga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yildagi 3,3 mlrd AQSh dollaridan 3 barobarga ortib, 9,8 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.

Institut tadqiqotiga qayd etilishicha, mamlakatda olib borilayotgan faol tashqi siyosat natijasida respublikaga investitsiya kiritayotgan mamlakatlar geografiyasi ham kengayyapti. 2022-yilga kelib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar soni 50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.

Buning natijasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning jami investitsiyalardagi ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi.

Shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yilda 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 3,4 barobar oshdi va 8,5 milliard AQSh dollariga yetdi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi esa 17,7 fooizdan 35,4 foizgacha oshdi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ham yil sayin ortib bormoqda: 2017-yida 5,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib ularning soni 15,8 mingtaga yetdi. Buning 6,4 mingtasi qo‘shma korxona, 9,3 mingtasi to‘liq xorijiy korxona hisoblanadi.

Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 30,5 foizi savdo, 27,5 foizi sanoat, 8,0 foizi qurilish, 4,8 foizi qishloq xo‘jaligi, 4,1 foizi yashab turish va ovqatlanish muassasalari, 2,9 foizi saqlash va tashish, 4,8 foizi aloqa va axborot yo‘nalishlarida, 17,4 foizi esa boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring