Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi qariyb 12 foizga kamaygan

O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi qariyb 12 foizga kamaygan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi BMT Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda bolalar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasini baholash, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, bolalar kambag‘alligi darajasi 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaygan.

Kambag‘allikni kamaytirish tendensiyalari, jumladan, shahar va qishloq joylari o‘rtasida sezilarli darajada farq qilgan. Masalan, qishloq joylarda bolalarning kambag‘allik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgacha kamaygan bo‘lsa, shaharlarda esa bu ko‘rsatkich 18 foizdan 13 foizgacha bo‘lgan raqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolalar kambag‘alligi darajasi eng past bo‘lgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri bo‘lsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambag‘alligining nisbatan yuqori ekanligi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilda o‘tkazilgan so‘rovda 10 ming xonadon ishtirok etgan bo‘lsa, 2023 yilda mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq oila o‘rganilgan.

Ma’lumot uchun, tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilingan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar bo‘lmasa, mamlakatda bolalar kambag‘alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.

Bolalarning kambag‘allik darajasi Statistika agentligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari budjeti o‘rganish ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring