Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘tgan yili kambag‘al oilalar soni 719 mingga kamaydi

O‘zbekistonda o‘tgan yili kambag‘al oilalar soni 719 mingga kamaydi

2024-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Jahon banki bilan hamkorlikda olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar:

  • Buxoro viloyatida – 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;
  • Samarqand viloyatida – 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;
  • Namangan viloyatida – 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.

2024-yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi.

Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m).

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:

  • ish haqi – 42,6 foiz (2023 yilda – 41,9 foiz);
  • tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
  • pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
  • qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
  • xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
  • boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.

Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring