O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi o‘rganiladi
O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatori ishlab chiqiladi.
Bu boradagi norma joriy yilning 7-martda qabul qilingan «2022–2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish» bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni bilan qabul qilingan Milliy dasturda belgilab qo‘yilmoqda.
Jumladan, Milliy dasturning 89-bandida «Oilalarning baxtlilik darajasini aniqlash orqali ular bilan yakka tartibda ishlash, nizoli vaziyatlarni erta aniqlash hamda yakka tartibli yondashuvni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro baxtlilik indikatorlarini o‘rganish hamda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqish» maqsadi qayd etilib, ayni vaqtda «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ushbu masalani o‘rganuvchi ishchi guruh tarkibi shakllantirilgan.
Qayd etilishicha, unda xalqaro baxtlilik indikatorlari hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Butan Qirolligi, Indoneziya, Malayziyada joriy qilingan indekslar tahlil qilindi. Tahlil va o‘rganishlar natijasida oilalarning baxtlilik indikatorlari aniqlandi. Bunda o‘zbek millatining xarakteri va turmush darajasidan kelib chiqib sub’yektiv va ob’yektiv baxt ko‘rsatkichlari inobatga olindi.
Indikatorlarni oilalarning baxtlilik darajasini aniqlashda muhimligi va amaliyotda samaradorligini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyatida tajriba sinov o‘tkazildi. Barcha tahlil va tajriba sinov natijalari asosida oilalarning baxtlilik darajasini belgilovchi indikatorlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter