O‘zbekiston TIV rahbari Turkiyaning zilziladan talafot ko‘rgan hududida bo‘ldi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Turkiyaning G‘oziantep shahrida uchrashdi.
Vazir Saidov O‘zbekiston Prezidenti va xalqi nomidan Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan hamkasbiga samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirdi.
«Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz», – deydi Saidov.
Shuningdek, u 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasida bo‘lgan va mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan bu yerga kelgan barcha vatandoshlarga minnatdorchilik bildirgan.
Saidovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tomonidan zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida Turkiyaning Hatay viloyatida bo‘lib turgan Mudofaa vazirligi ko‘chma gospitali 2 mingga yaqin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda. FVV xodimlari esa vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter