Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oktyabr oyida oltin sotish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi

O‘zbekiston oktyabr oyida oltin sotish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi

O‘zbekiston oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik oltin sotuvchilardan biriga aylandi. Bu haqda «World Gold Council» kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyida dunyo davlatlarining markaziy banklari jahon oltin zaxirasini 42 tonnaga oshirgan. Bu sentyabr oyi bilan taqqoslaganda 41 foizga kam bo‘lsa-da, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 23 foizga yuqori demak.

Xitoy Xalq banki yana eng yirik xaridorga aylandi (23 tonna), undan keyingi o‘rinlarni esa Turkiya (19 tonna) va Polsha (3 tonna) Milliy banklari egalladi.

Qimmatbaho metallni eng ko‘p sotgan davlat esa O‘zbekiston bo‘ldi – 11 tonna. Undan keyingi pog‘onada 2 tonna ko‘rsatkich bilan Qozog‘iston joylashgan.

Oldinroq Statistika agentligi O‘zbekiston oktyabr oyida 1,23 milliard dollarlik oltinni eksport qilgani to‘g‘risida xabar bergandi. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari noyabr oyida 8 million dollarga kamayib, 2023 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, 32 milliard 896,5 million dollarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring