O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyida 12 tonna oltin sotdi – WGC
Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyida dunyodagi yagona yirik oltin sotuvchisi bo‘lgan.
Yilning birinchi oyida regulyator xorijga 12 tonna qimmatbaho metal sotgan. Bu o‘tgan yilning noyabr oyida eksport qilinganidan olti baravar ko‘p yoki 2022-yil birinchi choragidagi hajmning deyarli yarmini tashkil etadi.
Umuman olganda, joriy yil yanvar oyida jahon markaziy banklari rasmiy oltin zaxiralarini 31 tonnaga oshirdi. Oltin xaridi bo‘yicha Turkiya Markaziy banki zaxirasini 23 tonnaga to‘ldirib, eng yirik xaridor bo‘ldi. Shuningdek, Xitoy Xalq banki 15 tonna va Qozog‘iston Milliy banki 4 tonna qimmatbaho metal xarid qildi.
Bundan tashqari, Yevropa Markaziy banki oltin zaxiralarini 2 tonnaga oshirgan. Biroq bu, Jahon oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, Xorvatiyaning yevrohududga 20-a’zo sifatida qo‘shilishi bilan bog‘liq.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin yanvar oyida O‘zbekiston eksport tushumining yarmidan ko‘pini tashkil qilgan. Uning sotilishi hajmi 1,18 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan jami eksport hajmining 45 foizga o‘sishining asosiy omili bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter