Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan sement import qilayotgani aytildi

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan sement import qilayotgani aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 62,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,5 mln. tonna sement import qilingan.

Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 8 oyida oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Tojikiston – 625 ming tonna
  • Qirg‘iz R. – 458 ming tonna
  • Qozog‘iston – 409 ming tonna
  • Turkmaniston – 11,5 ming tonna
  • Eron – 9,8 ming tonna
  • Xitoy – 1,4 ming tonna
  • Rossiya – 850 tonna

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil davomida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 128,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,7 mln. tonna sement import qilingan bo‘lib, asosiy importyor davlatlar «uchligi»da Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari qayd qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring