Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralarini belgilashga oid navbatdagi yig‘ilish sentyabrda o‘tkaziladi

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralarini belgilashga oid navbatdagi yig‘ilish sentyabrda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarini belgilashga oid navbatdagi yig‘ilish joriy yil sentyabr oyida o‘tkaziladi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasidagi telefon muloqotida qayd etib o‘tilgan.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari muloqot avvalida bir-birlarini shu kunlarda keng nishonlangan mustaqillik bayramlari munosabati bilan dildan qutlab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaganlar.

Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

«Suhbat chog‘ida Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yil sentyabr oyida o‘tkazishga kelishib olindi.

Transport va energetika sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan «Qambarota-1» GESini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash hamda ShHTning bo‘lajak Samarqand sammiti kun tartibini muhokama qildilar», – deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring