O‘tgan yili o‘zbekistonliklar banklar orqali 12,2 mlrd dollarni «maydalagan»
O‘tgan yili tijorat banklari jismoniy shaxslardan jami 12 mlrd 267,4 mln AQSh dollari sotib olgan.
Bu haqda 2023 yil yakunlari bo‘yicha Markaziy bankning Statistik byulletenida ma’lum qilindi.
Yil davomida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan chet el valyutasi hajmi esa 9 mlrd 59 mln dollarni tashkil qilgan.
Oylar kesimida tijorat banklari tomonidan AQSh valyutasining eng ko‘p xaridi avgust oyida bo‘lgan: 1 mlrd 320,8 mln dollar. Eng ko‘p sotuv esa iyul oyida – 829,6 mln dollar.
Shuningdek, o‘tgan bir yilda:
- Yevro (xarid va sotish) – 44,7 mln (52,9 mln);
- Angliya funt sterlingi – 2,2 mln (2,4 iln);
- Rossiya rubli – 1 mlrd 660,5 mln (1 mlrd 707,4 mln);
- Qozog‘iston tengesi – 401,8 mln (416,4 mln).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter