Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir yuk tashuvchi avtomashinalar harakatini ma’lum vaqtlarda cheklash rejalashtirilyapti

Og‘ir yuk tashuvchi avtomashinalar harakatini ma’lum vaqtlarda cheklash rejalashtirilyapti

Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda belgilangan og‘irlik va gabarit me’yorlariga qo‘yilgan talablarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, shuningdek, hujjat bilan respublikadagi barcha toifadagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish hamda saqlash xarajatlarini qisqartirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Hukumat mazkur hujjat bilan avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qiluvchi statsionar shoxobchalar o‘rnatish va undan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish tizimini joriy etishni rejalashtiryapti.

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentda belgilangan yuk ko‘tarish me’yorlariga javob bermaydigan importdan olib kelingan og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalarini (samosval va sochiluvchan yuklarni tashuvchi yarim tirkamalar) respublika hududidagi harakatini tartibga solinadi.

Belgilangan yuk ko‘tarish me’yorlariga javob bermaydigan import qilinayotgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalarini respublika hududiga olib kirish va harakatlanishi ta’qiqlanadi.

Og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini esa mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida soat 08-00 dan 22-00 ga qadar cheklash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan bo‘lib, yuridik kuchga ega emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring