Nukusda metan «zapravka» 3 mlrd 854 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Bosh prokuratura, «O‘ztransgaz» AJ va «Hududgazta’minot» AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Nukus tumanida joylashgan «Max Gaz Servis» MChJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, «Max Gaz Servis» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan gaz sarfini o‘lchash kompleksiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 854 mln 433 ming so‘m (3 mln 854 ming 433 metr kub)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter