Nukusda «dom»lar o‘rtasida suvdan foydalanish bo‘yicha reyting tizimi ishga tushiriladi
Nukus shahrida 2024-yil 1-yanvardan sinov tariqasida ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida «Tejamkor uy» va «Tejamkor xonadon» reyting tizimi ishga tushiriladi.
Yil yakunida tanlov natijalariga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi. G‘olib xonadon va uylarga esa quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.
Mazkur tajriba 2025-yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter