Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda maktab direktori o‘quvchi qizni urib tan jarohati yetkazgani aytildi

Navoiyda maktab direktori o‘quvchi qizni urib tan jarohati yetkazgani aytildi

Navoiy viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «Navoiy shahar XTBga qarashli 11-AFChO‘IM direktori 10-«G» sinf o‘quvchisini urdi, o‘quvchi esa hushini yo‘qotdi» sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro X.J. Navoiy shahar IIBga murojaat qilib, 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi G‘.N.ni Navoiy shahar 11-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktori J.G. urib tan-jarohati yetkazganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

«Tekshirish harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi», – deyiladi prokuratura ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring