Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 1 milliard so‘m zarar yetkazgan mayning-ferma aniqlandi

Navoiyda 1 milliard so‘m zarar yetkazgan mayning-ferma aniqlandi

Navoiy viloyatida kripto-aktivlari qurilmasini noqonuniy o‘rnatib olgan korxona davlatga 984 mln so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qo‘lga olingan oilaviy korxona egasi mayning kripto-aktivlari  qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 984 mln so‘m zarar yetkazgan.

Xolat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring