Navoiyda davlat manfaatiga qariyb 10 mlrd so‘m zarar keltirgan mayning ferma fosh qilindi (video)
DXXning hududiy boshqarmalari tomonidan prokuratura va IIB hodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda davlat budjetiga katta miqdorda zarar keltirgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbirda aniqlanishicha, mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Natijada davlat manfaatlariga 9 mlrd 661 mln 402 ming so‘mlik zarar keltirganliklari aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter