Navoiyda budjetga 24 mlrd so‘m zarar yetkazgan «tadbirkor» fosh qilindi
Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi.
Holat Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanida o‘tkazgan tekshiruvida anqilangan.
Abar qilinishicha, qurilishi tugallanmagan binoda faoliyat ko‘rsatib kelgan mayning fermasi fuqaro R.E.I. ga tegishli bo‘lib, qurilmalarning umumiy iste’mol quvvati 840,4 kVtni tashkil qiladi. Fuqaroga tegishli mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Hozirda holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 mlrd 415 mln 300 ming so‘m qayta hisob-kitob qilindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter