Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 3 tup tut daraxtini kestirib tashlagan rahbar 92 mln so‘m jarimaga tortildi

Navoiyda 3 tup tut daraxtini kestirib tashlagan rahbar 92 mln so‘m jarimaga tortildi

Navoiyda 3 tup tut daraxtini kesgan rahbarga 92 million 400 ming so‘m jarima solindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Tong» majmuasi hududida «Innovatsion Group Navoiy» MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganida 3 dona tut daraxti tag qismidan kesib tashlangan.

Holat yuzasidan MChJ rahbari R.A.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 92 mln 400 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring