Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy DPI negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etildi

Navoiy DPI negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etildi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

Universitetda 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:

  • hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq ehtiyoj yuqori bo‘lgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
  • dars mashg‘ulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayoni dual ta’lim shaklida yo‘lga qo‘yilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi hamda ta’lim jarayoniga uzoq yillik mehnat tajribasiga ega amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi;
  • yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
  • alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring