Namangan viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Bugun, 7-oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
Unga ko‘ra, Abdulhay domla Tursunov o‘z arizasiga binoan Namangan viloyati bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, «Faxriy imom» maqomi berildi. Namangan viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga Namangan shahar bosh imomi va «Yusufxon o‘g‘li Qosimxon» jome masjidi imom-xatibi vazifasida mehnat qilayotgan Musoxon qori Abbosiddinov tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter